My Journey into IT — Where It All Started
2025 yil boshida IT sohasiga kirib kelishga qaror qildim. O‘sha paytda IT men uchun katta va biroz tushunarsiz dunyo edi. Qayerdan boshlashni, nimani o‘rganishni va kelajakda qaysi yo‘nalishda davom etishni aniq bilmasdim.
Shunga qaramay, o‘rganishni boshladim. Dastlab, keyingi kursimga tayyorlanish va dasturlash asoslarini yaxshiroq tushunish uchun C++ tilini o‘rganishni boshladim. O‘zgaruvchilar, ma’lumot turlari, shart operatorlari, sikllar, funksiyalar kabi basic mavzularni o‘rgandim.
Bu jarayonda ko‘plab yangi tushunchalar, xatolar va qiyinchiliklarga duch keldim. Ba’zi mavzularni tushunish uchun ularni bir necha marta qayta o‘rganishga to‘g‘ri keldi. Lekin aynan shu jarayon menga dasturlash qanday ishlashini tushunishga yordam berdi.
Vaqt o‘tishi bilan dasturlashga bo‘lgan qiziqishim yanada ortdi va keyingi bosqichda Python, Django, REST API, PostgreSQL, Docker va boshqa texnologiyalarni o‘rganishni boshladim.
Bu blogni esa o‘z yo‘limni hujjatlashtirish uchun yaratdim. Bu yerda o‘rganganlarim, qilgan loyihalarim, duch kelgan muammolarim va ulardan olgan tajribalarimni yozib boraman.
Bu hali yo‘lning boshlanishi. 🚀