Barcha maqolalar

My First Steps with Python

Mart oyida esa asta-sekin Python dasturlash tiliga kirib kela boshladim. C++ orqali dasturlashning asosiy tushunchalarini o‘rganganimdan keyin, Python menga ancha qiziq tuyula boshladi.

Dastlab Python’ning basic mavzularidan boshladim: o‘zgaruvchilar, ma’lumot turlari, if/else, for, while, funksiyalar va boshqa asosiy tushunchalarni o‘rgandim.

Avvaliga hammasi osondek ko‘rinsa ham, mavzular murakkablashgani sari yangi muammolar paydo bo‘la boshladi. Lekin har bir xatoni tuzatish va har bir yangi mavzuni tushunish menga yanada ko‘proq qiziqish berdi.

Shu davrdan boshlab Python shunchaki o‘rganayotgan dasturlash tilim emas, balki kelajakda asosiy yo‘nalishim bo‘lishi mumkinligini tushuna boshladim.

Bu esa IT’dagi yo‘limning keyingi muhim bosqichi bo‘ldi. 🐍🚀